Referendum — 2023

O‘zbekiston referendumga qanchalik tayyor? — MDH kuzatuvchilari javobi

Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari O‘zbekistondagi referendum uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilganligiga ishonch hosil qilishdi. Bu haqda MDH kuzatuvchilari missiyasining bosh shtabi xabar berdi.
Ayni kunlarda MDH Missiyasi a’zolari O‘zbekistonning qator hududlarida referendum o‘tkazish bo‘yicha kampaniya jarayonini kuzatmoqda.
Missiyaning uzoq muddatli kuzatuvchilari 18-19 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida bo‘lib, referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug va uchastka komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.
Referendum o‘tkazish bo‘yicha okrug komissiyalari raislari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda Missiya a’zolariga uchastka komissiyalarini shakllantirish, ularning a’zolarini o‘qitish tartibi va muddatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Hamdo‘stlik kuzatuvchilari okrug komissiyalariga qonun buzilishi holatlari bo‘yicha shikoyat va arizalar kelib tushmagani ma’lum qilindi.
MDHdan kelgan xalqaro kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha ovoz berish uchastkalarining texnik jihozlanishi, uchastka komissiyalari faoliyatini metodik ta’minlash, ovoz beruvchilar ro‘yxatlari bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

“Kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastkalar referendum to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, zarur uslubiy tavsiyalar, ko‘rsatmalar, axborot materiallari, shuningdek, tegishli jihozlar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar rahbariyati va a’zolari muloqot uchun ochiq, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etmoqda.
Missiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Markaziy saylov komissiyasi MDHdan tashrif buyuruvchi 60 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiya qildi.
Mavzuga doir:
Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga keldi.
MDH PA kuzatuvchilari 27-apreldan O‘zbekistonda ish boshlaydi.