Eng qadimiy Qur’onlardan biri O‘zbekistonga qanday kelib qolgan – video

Rivoyatlarga ko‘ra qo‘lozmani O‘zbekistonga Amir Temur olib kelgan, boshqa versiyaga ko‘ra - Muhaddis Kaffol Shoshiy yetkazgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Dunyodagi eng qadimiy Qur’on kitoblardan biri - Usmon Mushafi Toshkentda saqlanadi. Qo‘lozma bir ming uch yuz yil oldin yozilgan.
Ushbu noyob kitob kim tomonidan yaratilgani haqida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Faxriy ulamolar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur so‘zlab berdi.

"Xalifa Hazrati Usmon davrida Qur’onni yoddan biladigan qorilar kamayib borayotganini ko‘rib uni keyingi avlodlarga kim yetkazadi degan xavotir paydo bo‘ladi. Shu sababli ular Qur’onni mushaf, ya’ni kitob shaklida ko‘chirib yozishga qara qilishadi va bu ishni o‘sha zamonning eng zo‘r xattotlariga topshgirishadi”, - deb hikoya qiladi shayx.

Muqaddas kitobning tarixi hali ham sirlarga to‘la. Shayx hazratlari qo‘lozmaning ko‘p asrlar o‘tib saqlanib qolganligi sirini ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lozma kiyik terisiga yozilgan, boshqa hayvonlar terisi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib yaroqsiz holga kelib qolar ekan.
Qo‘lozmaning O‘zbekistonga qanday kelgani haqida ham bir bir qancha rivoyatlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, qo‘lozmani Amir Temur olib kelgan. Boshqa versiyaga ko‘ra - Muhaddis Kaffol Shoshiy yetkazgan. Ayni damda ushbu nodir kitob Toshkentdagi “Mo‘yi Muborak” madrasasida saqlanmoqda va uni hamma ko‘rishi mumkin.