Referendum — 2023

Referendum kuni uchastkalarda nechta xodim xavfsizlikni ta’minlaydi?

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev referendum kuni uchastkalarda xavfsizlikni ta’minlaydigan xodimlar sonini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda xavfsizlikni ta’minlashga jalb etiladigan xodimlar soni 30 ming 481 nafarni tashkil etadi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublikada muddatidan oldin ovoz berish uchun uchastkalarga jami 1 mln 1618 ta bulleten yetkazildi. Bulletenlarni jami 23 mingdan ziyod xodimlar qo‘riqlaydi.
Bekmurod Abdullayev

“Asosiy referendum kuni xavfsizlikni ta’minlashga jalb etiladigan xodimlar soni 30 ming 481 nafarni tashkil etadi”, - dedi Abdullayev.

Ta’kidlanishicha, respublika bo‘yicha jami 10758 ta referendum uchastkasi tashkil etildi. Barcha uchastkalar davlat muassasalari tashkilotlari va xo‘jalik organlariga tegishli obyektlarda joylashtirilgan.

“Referendumda ovoz berish huquqiga ega 20 mln dan oshiq fuqaro ishtirok etishi rejalashtirilmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Referendum — 2023
Referendum kuni jamoat xavfsizligi xodimlari o‘z ishini uchastkaga kirmagan holda olib boradi