O‘zbekistonda yana bir yirik jome masjid qurilmoqda — foto

Jome masjid 14 000 namozxon ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yana bir yirik jome masjidi qurilmoqda. Bu haqda tuman bosh imom xatibining birinchi o‘rinbosari Akbar qori Vositov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Tumanning “Namozgoh” mahallasidagi yangi masjidning qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.
Masjidning xonaqohi va hovlisini qo‘shib hisoblaganda jami 14 000 namozxonning ibodat qilishi uchun mo‘ljallangan.

“Yangi masjid qurilishida xayriya ham e’lon qilganmiz. Hozirda qurilish ishlari jadal ketmoqda. Loyihaga 30-40 mlrd mablag‘ ketishi rejalashtirilgan. Bizni xursand qilgan holat saxovatli insonlar ko‘payib, yangi jome masjidining barpo etilishida o‘zlarini hissasini qo‘shmoqdalar”, - dedi Vositov.

Jome masjidida tahoratxona, mutavalliyod, majlislar xonasi, ayvon va hovli quriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugunga kunda jami 2119 ta masjid faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonning eng yirik jome masjidlari — maftunkor suratlar.