Referendum — 2023

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi — video

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muovfiq, muddatidan oldin ovoz berish 26-aprelga qadar davom etadi.
Sputnik
MOSKVA, 19 apr — Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
Sputnik muxbiri elchixonada suratga olgan videolavhani quyida tomosha qilish mumkin.
Moskvdagi O‘zbekiston elchixonasi binosi ichida tashkil etilgan 30-referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz beruvchilar uchun barcha kerakli axborot, xufiya ovoz berish xonalari hamda ovoz berish qutisi tashkil etilgan.
Referendumning xalqaro qonun normalariga muvofiq o‘tishini tashkillashtirishda O‘zbekiston tomoni murojaatnomasiga muvofiq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi vakillari yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish muddatini 2023-yil 19-apreldan 26-aprelga qadar belgilagan. Fuqarolar ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar referendum uchastkasiga borib, muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.