Baxtiyor Saidov arab davlatlari elchilari bilan iftorlik qildi

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda istiqbolli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov arab davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan iftorlik qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Arab davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan birgalikda iftorlik qilishdan mamnun bo‘ldik”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, tadbir mobaynidagi suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda istiqbolli aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.