Rossiya Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Rossiya yetkazib berilayotgan elektr miqdorini sezilarli darajada oshirishga va Qirg‘izistondagi energiya taqchilligini butunlay qoplashga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr Sputnik. Rossiya Federatsiyasining "Inter RAO" energetika kompaniyasi Qirg‘izistonga 15-apreldan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bir necha kun oldin Qirg‘iziston va Rossiya orasida 875 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

"2023 yilning 15-aprelida tarixda birinchi marta Rossiyaning Yagona energetik tizimidan (YaET) Qirg‘iziston energetika tizimiga Qozog‘iston Yagona energiya tizimi orqali tranzit yo‘li bilan elektr energiyasi yetkazib berish boshlandi. 2023-yilning aprelidan 2024-yil martiga qadar rejalashtirilgan umumiy yetkazib berish hajmi 900 million kilovatt-soatga yetadi”, – deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, rejalashtirilgan yetkazib berish jadvali tomonlar tomonidan operativ dispetcherlik nazorati qoidalari va energiya bozorlari faoliyati qoidalariga muvofiq muntazam ravishda kelishib olinadi.
Dastlabki bosqichda yetkazib berish hajmi soatiga 400 megavattgacha bo‘ladi. Uning miqdorini belgilovchi asosiy omil – Qozog‘iston energiya tizimining tranzit quvvati hisoblanadi.
“Agar (Qozog‘iston – tahr.) tranzit salohiyatini oshirish mumkin bo‘lsa, Rossiya tomoni Qirg‘izistonga mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 3 milliard kilovatt-soatga yetadigan kamomadni to‘liq qoplaydigan hajmda energiya yetkazib berishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi "Inter RAO" vakili.
"Inter RAO" - bu Rossiyaning Yevropa va MDH hududidagi aktivlarni boshqaradigan diversifikatsiyalangan energetika xoldingi. RAO Rossiya Federatsiyasida elektr energiyasini eksport qilish va import qilish bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.