AQSh maxfiy hujjatlar sizdirilishida gumonlanuvchining aloqalarini o‘rgandi

Qo‘shma Shtatlar tergovchilari hujjatlar sizdirilishida gumonlanuvchining xorijiy aloqalarini tekshirishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. AQSh tergovchilari maxfiy hujjatlarni oshkor qilganlikda ayblanib hibsga olingan amerikalik askar Jek Teysheyraning chet ellik shaxs yoki hukumat bilan aloqasi bor-yo‘qligini aniqlashga harakat qilishdi. Bu haqda RIA Novosti "Politico" nashriga tayanib xabar berdi.
"Amerikalik tergovchilar maxfiy hujjatlarni oshkor qilganlikda ayblanayotgan shaxs boshqa davlat yoki hukumatdan bo‘lgan odam bilan muloqot qilganmi yoki yo‘qligini tekshirishdi", - deyilgan xabarda.
Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati va huquq-tartibot idoralari Teysheyraning sabablari va maqsadlarini kengroq tekshirish doirasida ma’lumotlar sizdirilishi ortida turishi mumkin bo‘lgan chet elliklar bilan bo‘lgan har qanday aloqalarini izlashgan.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, hozircha Teysheyraning bunday aloqalari borligi yoki uyushgan xorijiy operatsiya doirasida harakat qilgani haqida aniq dalillar yo‘q.
“Biz bu yigitning Discord serveridan tashqarida kim bilan gaplashgani va do‘stlarini hayratda qoldirishdan boshqa niyati bor-yo‘qligini hali ham bilmaymiz”, - dedi AQSh razvedkasining ismi oshkor etilmagan sobiq xodimi.