TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Hindiston bilan tibbiyot sohasida 300 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkentda O‘zbekiston–Hindiston xalqaro sog‘liqni saqlash forumi o‘tkazildi. Unda ikki davlat o‘rtasida Hindistonning tajribali mutaxassislari ishtirokida xalqaro memorandumlar imzolandi.
Uzbekistan – Indiya: budut realizovani proyekti po meditsine na summu 300 mln dollarov
© Ministerstva zdravooxraneniya
Kelishuvlar:
Hindiston bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida virusolog vrachlar tayyorlash dasturini boshlash;
Ayurveda ta’limotlari, yoga amaliyoti;
Ibn Sino risolalari asosida zamonaviy sog‘liqni saqlash yutuqlarini to‘ldirib turadigan an’anaviy tibbiyot usullarini joriy qilish.
Shuningdek, farmakologiya, davolash usullari, xalq tabobati, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, davolash va boshqa tibbiyot markazlari barpo etish bo‘yicha umumiy qiymati 300 million dollarga teng 100 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi.
Yil yakuniga qadar 1000 nafardan ortiq tibbiyot xodimlarini bilim va mahoratini oshirish uchun Hindistondagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va klinikalarga yuborish belgilangan.