TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev Qozog‘iston davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Samarqand shahrida MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar Hamdo‘stlik doirasidagi integratsion hamkorlik masalalari, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi mavzularini muhokama qilishdi.
Uchrashuv so‘ngida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev nomidan Murat Nurtleu Sergey Lebedevga I darajali “Do‘stlik” (Dostik) ordenini topshirdi.
Generalnomu sekretaryu SNG Sergeyu Lebedevu vruchena gosudarstvennaya nagrada Kazaxstana
© Press-slujba Ispolnitelnogo komiteta SNG
“Do‘stlik” (Dostik) ordeni – Qozog‘iston Respublikasining davlat mukofoti. U jamiyatda o‘zaro totuvlikni saqlash yo‘lidagi samarali mehnati, xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun beriladi.