Samarqand — 2023

Minsk 2023-yilda MDHning sport poytaxti deb e’lon qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Hamdo‘stlikning keyingi ikki yil uchun sport poytaxtlari aniqlandi.
Sputnik
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahriga 2023-yilda MDHning sport poytaxti maqomi berildi. Kelasi yil ushbu maqomni Armanistonning Gumri shahri oladi. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlarida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Yig‘ilishda Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Hamdo‘stlikning keyingi ikki yil uchun sport poytaxtlarini aniqlashdi. Xususan, 2023-yilda Minsk, bir yildan keyin esa Gumri MDH sport markaziga aylanadi.
Qayd etilishicha, MDHga a’zo davlatlarning shaharlariga Hamdo‘stlik sport poytaxti maqomi berilishi ularning Hamdo‘stlik makonida sport salohiyatini yorqin ochib beradi.
Shuningdek, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi, qo‘shimcha resurs yordamini jalb qilib, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytiradi.