“Dollardan qochish boshlanmoqda, u hozircha unchalik tez emas, lekin u albatta tezlashadi. Ushbu tendensiya ortga qaytmaydi. Amerikaliklar o‘zlari uzoq vaqt davomida dollarning ustuvor rolidan foydalanib, xalqaro moliya va jahon iqtisodini boshqarib o‘tirgan shoxga bolta urishdi", - dedi Lavrov.
2022 yilning fevral oyida Rossiya maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning dollar va Yevroda saqlanayotgan $ 300 mlrd. aktivlarini noqonuniy muzlatib qo‘yishgan edi. Undan tashqari AQSh va YeI davlatlari Rossiya banklariga nisbatan valyuta operatsiyalari o‘tkazish, xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘ychia misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritishdi.
Shundan so‘ng Rossiya o‘z nefti va gazini nodo‘st mamlakatlarga faqat rublda sotishini e’lon qildi. Dunyoning boshqa davlatlari esa ularning ham valyuta zaxiralari siyosiy sabablar tufayli xavf ostida qolishi mumkinligini anglab yetishdi. Rossiyaning yirik hamkorlari hisoblangan Hindiston, Xitoy, MDH va BRIKS davlatlari o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tish boshlandi. Keyinchalik ushbu tendensiyaga qator Afrika davlatlari ham qo‘shildi. Eng yirik neft sotuvchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa o‘z neftini nafaqat dollarga, balki qisman boshqa valyutalarga sotishni ham boshladi.