Samarqand — 2023

AQShning MDHdagi harbiy-biologik faolligi xavfsizlikka tahdid solmoqda — Lavrov

Sergey Lavrov aholi salomatligi va tabiatga tahdidlar haqida gapirdi.
Sputnik
SAMARQAND, 14 apr — Sputnik. AQShning MDHdagi harbiy-biologik faolligi xavfsizlikka tahdid solmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va uning ittifoqchilarining MDH davlatlari makonidagi harbiy-biologik faoliyati biologik xavfsizlikka, ya’ni aholi va tabiat salomatligiga bevosita tahdid soladi.
Bunda MDH mamlakatlari xavfsizligiga tahdidlarni zararsizlantirish bo‘yicha hamkorlik alohida ahamiyatga ega.

“Bular terrorizm tahdidlari va bizning makonimizdagi AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan olib borilayotgan biologik harbiy harakatlar natijasida vujudga keladigan va biologik xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘ta xavfli hodisalarni keltirib chiqaradigan tahdidlardir. Bu esa aholi salomatligiga, tabiatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir”, — dedi Lavrov.

Volodin: AQShning harbiy-biologik faoliyati butun insoniyatga tahdid soladi