SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrovning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
Juma kuni Rossiya TIV rahbari MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, Rossiya diplomatik idora rahbari Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar idoralari rahbarlarining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazgandi.
Mintaqaviy “to‘rtlik” yig‘ilishi Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlandi.
Uchrashuv ishonchli muhitda Afg‘onistondagi vaziyatni ochiq muhokama qilish, xavfsizlik jihatlariga e’tibor qaratish, Afg‘oniston hududidan kelayotgan terrorizm tahdidlari va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish imkonini berdi.