Zelenskiy Polshaga yordam evaziga Ukrainaning g‘arbiy qismini va’da qildi - OAV

NDP portali muallifi Ukraina prezidenti hatto hududiy yon berish mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolgan deb hisoblayapti.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qarshi hujumni amalga oshirishdagi yordam evaziga Polshaga Ukrainaning g‘arbiy hududlarini va’da qildi. Bu haqda “Niezależny Dziennik Polityczny ” portali muallifi Marek Galas yozmoqda.
Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zelenskiyga “misli ko‘rilmagan” taklif bilan chiqqan – Volin, Roven va Lvov viloyati evaziga yordam va qo‘llab-quvvatlash, deya yozadi Galas
Muallif ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda Ukraina prezidenti polshalik hamkasbining taklifini rad etmagan, biroq unga rozi ham bo‘lmagan.
“E’lon qilingan qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi, AQSh bosimi esa kuchayib borayotganini oldindan bilib, Zelenskiy yagona to‘g‘ri qarorni qabul qildi – o‘zining Anjey Duda bilan birinchi uchrashuvi mavzusiga qaytish, Ukrainaning g‘arbiy qismini Polshaga qaytarish hamda Polsha biznesiga Ukrainaning tashqi davlat qarzini uzish evaziga Ukrainaning yirik kompaniyalarini sotib olishni yana taklif qilish”, - deya yozadi muallif.
Maqola muallifining fikricha, “Zelenskiy hozir uni nafaqat o‘z xalqi, balki unga daromadli loyiha sifatida pul kiritganlarning bari ham yomon ko‘rishini tushunadi”. Galas Ukraina prezidentining oldida “AQSh va YeI bilan pul masalasini tartibga solish uchun har qanday yo‘l bilan mablag‘ topishi, hatto hududiy yon berish qolayotganini” taxmin qilgan.
5 aprel kuni Zelenskiy o‘zining Varshavaga tashrifi chog‘ida kelajakda Ukraina va Polsha o‘rtasida “siyosiy, iqtisodiy va tarixiy” chegaralar bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid:

Zelenskiy Ukraina suverenitetini Polshaga topshirishga tayyorga o‘xshaydi - Narishkin
Polsha Ukrainada "uzoqni ko‘zlagan rejalarni" amalga oshirmoqda - Rossiya razvedkasi
Polsha “integratsiya”ga tayyorlanmoqda: Ukraina halokatga mahkum
Polsha Kiyevning daromadini o‘ziniki deb hisoblaydi – Zaxarova
Polsha Ukrainaning bir qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi