TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi Ogulabat Berdimuhamedovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
“Hurmatli Gurbanguli Malikguliyevich, onangizning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qiling. Sizga va oila a’zolaringizga hozirgi o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan va og‘ir yo‘qotish paytida xotirjamlik va sabr-toqat tilayman”, - deyiladi Putinning maktubida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga buvisi va Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga onasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Turkmaniston davlat axborot agentligi shanba kuni “Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning buvisi Ogulabat Berdimuhamedova 86 yoshida olamdan o‘tgani” haqida xabar berdi.