TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Erondan Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topildi. Bu haqda Temuriylar davlat tarixi muzeyi ilmiy xodimi O‘zAga ma’lum qildi.
Amir Temurning ommaga ma’lum bo‘lgan qilichi bugungi kunda Eron Islom respublikasidagi Tehron milliy muzeyida saqlanmoqda.
Erondan Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topildi
© O‘zA
So‘nggi yillarda eronlik tarixchi olimlar tomonidan nashr qilingan bir qancha kitob-albomlarda Eron Islom respublikasi muzeylarida Amir Temurga tegishli bir emas, naq uchta qilich borligi ma’lum bo‘ladi.
Erondan Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topildi
© O‘zA
Sohibqironga tegishli qilichlardan biri Tehron milliy muzeyida bo‘lsa, qolgan ikkitasi shahardagi Sa’dobod saroy-majmuasi hududidagi Harbiy muzeyda saqlanayotgani aniqlangan.
Erondan Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topildi
© O‘zA
Bugun Amir Temur tavalludiga 687-yil to‘ldi.