Nepal ShHTdagi maqomini oshirmoqchi

Elchi Milan Raj Tuladxar: Nepal ShHTdagi maqomini yaxshilash niyatida.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Nepal Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) to‘laqonli a’zo bo‘lish orqali tashkilotdagi maqomini yaxshilash niyatida, bu masala tashkilotning Hindistonda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘tariladi. Bu haqda RIA Novostiga Nepalning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Milan Raj Tuladxar ma’lum qildi.
2015 yilda Nepal ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini olgan.

“Biz hali ham ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lishga harakat qilmoqdamiz, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT yig‘ilishida biz, albatta, ShHTdagi maqomimizni taqdim etishga harakat qilamiz. Bu haqda Xitoy va Hindiston rahbarlari bilan gaplashamiz, chunki ular bizning eng yaqin qo‘shnilarimizdir”, - dedi Tuladxar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sammitda ishtirok etadi. Shunday ekan bu masalada oldinga siljish bo‘lishiga umid qilaylik, deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq elchi Katmandu ShHTning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga umid qilayotgani va 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan sammitda maqom bo‘yicha oldinga siljish mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nepal tomoni ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza ustida hozirdanoq ishlamoqda, “allaqachon ba’zi muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda, biroq ko‘proq tafsilotlar Hindistondagi keyingi yig‘ilishgacha aniq bo‘ladi”.