TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya poytaxtining asosiy ko‘chalaridagi sitibordlarda O‘zbekistonning qadimiy shaharlarining tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan, jumladan, ziyorat turizmini targ‘ib qilish maqsadida qisqa videoroliklar namoyish etilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’ulm qildi.
Qayd etilishicha, bunday namoyishlar O‘zbekiston elchixonasi tomonidan PR- markazi bilan hamkorlikda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Moskva hukumati ko‘magida tashkil etildi.
Videoroliklar aprel va may oylarida shahar sitibordlarda kun bo‘yi har 6 yoki 12 daqiqada namoyish etiladi.