Referendum — 2023

Referendumning ovoz berish bulleteni tasdiqlandi - foto

Tegishli tillardan chop etilgan referendum bulletlarini 27-aprelgacha uchastkalarga 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi bulleteni ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida MSK matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Referendum bulleteni, 30-aprel
Referendum bulleteni ko‘rinishi Markaziy saylov komissiyasining 5-apreldagi 1223-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, bulleten och ko‘k rangda bo‘lib, unda “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan matn kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatiladi.
Referendum bulleteni referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish bulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.
Referendum bulletlarini referendum o‘tkazuvchi uchastkalarga 17-aprelgacha ovoz beruvchilar umumiy sonining 5 foiz miqdorida, 27-aprelgacha esa 95,5 foiz miqdorida yekazib beriladi.