O‘zbekiston gazni qayta ishlash jarayonlariga Rossiya xoldingini jalb qildi

“O‘zbekneftgaz” va “PETON” xoldingi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rgandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Peton” injiniring xoldingini gazni qayta ishlash va gaz kimosi sohasidagi texnologiyalarni joriy etish uchun jalb qildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va “PETON” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidagi tabiiy gazni qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.
"Uzbekneftegaz" privlek xolding iz RF dlya vnedreniya texnologiy v gazoximii
Mazkur hududlarga tashriflar mobaynida xorijiy mutaxassislar bilan gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta ishlash jarayonlarini modernizatsiyalash, yuqori samarali ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish sarf harajatlarini kamaytirish va texnologik jarayon sikllarini qisqartirishni yo‘lga qo‘yishda qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidagi komponentlardan samarali tozalash texnologiyalarini joriy etish muhim hisoblanadi.

"Shu bois “PETON” kompaniyasi mutaxassislarining korxonalardagi tabiiy gaz tarkibidan komponentlarni ajratib olish va ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatdagi tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflari tinglandi", - deyiladi xabarda.

Quyidagilar bo‘yicha hamkorlikda o‘rganishlar olib borish belgilab olindi:
xomashyo gazlaridan etan gazini monetizatsiya qilish;
tovar gaz tarkibidagi oltingugurt merkaptanini belgilangan meyorlarga tushirish;
nordon gazlarni tozalash va ulardan texnik oltingugurt mahsulotini olish unumdorligini ko‘tarish;
suyultirilgan uglevodorodlar ajralish hamda tozalash jarayonining samaradorligini oshirish;
ishlab chiqarish texnologik quvvatlarini takomillashtirish.
Ma’lumot uchun, “PETON” kompaniyasi Rossiyaning yirik texnologik muhandislik xoldinglaridan biri hisoblanadi. U neft va gaz sohasida xomashoni monetizatsiyalash, loyihalash, qurilma va jihozlarni ishlab chiqarish, qurilish, loyihani olib borish va YeRS xizmatlarini amalga oshiradi.
Kompaniya tashkil etilganidan buyon MDH davlatlarida 170 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

Mavzuga oid:

“O‘zbekgeofizika” AJ Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining bo‘limi ochildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘ndan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi.