Samarqand — 2023

Tojikiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Vazirning Samarqandga safari aprel oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, vazirning Samarqandga safari aprel oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan.
“Sirojiddin Muhriddinning Tojikiston delegatsiyasi bilan birgalikda tashrifi 13-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Federatsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha vazirlar uchrashuvidagi ishtiroki bilan bog‘liq”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumki, muzokaralar MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, afg‘on muammosi muhokamasiga Xitoy va Pokiston vakillari qo‘shilish niyatida.
Uchrashuvdan maqsad Afg‘onistonga gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Samarqand — 2023
Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi