TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qozon mintaqada Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘yinlarini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mamlakat hozirda Rossiya Sport vazirligi bilan bu masala ustida ishlamoqda, deya xabar berdi Sputnik Tojikiston.
Qozon ShHT o‘yinlarni o‘tkazishdan manfaatdor va hozirda uni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tatariston sport vaziri Vladimir Leonovning aytishicha, hozirda musobaqa sxemasi tuzilmoqda.
"Umuman olganda, biz hali ham Rossiya Federatsiyasi Sport vazirligi bilan BRIKS yoki ShHT o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlayapmiz. Biz bunday murakkab musobaqalarni o‘tkazishdan manfaatdormiz", — dedi u.
Ma’lumot uchun, avvalroq Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha departamentlari rahbarlarining yig‘ilishida Rossiya birinchi o‘yinlarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Yig‘ilishda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston sport vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etgan.