O‘zbekiston ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlarda ishtirok etdi

Ostonada ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilk maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligida ShHTga a’zo davlatlarning tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha birinchi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 2022-yil 16-sentabrdagi qarorini amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Pervie konsultatsii po sovershenstvovaniyu deyatelnosti ShOS proshli v Astane
Unda ShHTga a’zo davlatlarning milliy koordinatorlari, tegishli vazirlik va idoralari, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ShHT Kotibiyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kanat Tumish maslahatlashuvlar ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Qozog‘iston prezidenti tashabbusiga ko‘ra ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ta’kidladi.
Pervie konsultatsii po sovershenstvovaniyu deyatelnosti ShOS proshli v Astane
Qozog‘iston tomoni meyoriy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish bo‘yicha konseptual va qo‘shma harakatlar uchun o‘ziga xos algoritm, ShHTning asosiy organlari faoliyatini optimallashtirish, kadrlar siyosati, moliyaviy tizim, shuningdek, kuzatuvchilar va sheriklar bilan muloqotning keyingi hamkorligini taqdim etdi.
Maslahatlashuvlar ishtirokchilari kelgusidagi ish tartibini belgilovchi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar va ShHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.