U-17 Osiyo kubogi: O‘zbekiston o‘z raqiblarini bilib oldi

U-17 Osiyo kubogi final bosqichi o‘yinlari 15-iyunidan 2-iyuligacha Tailandda bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasining final o‘yinlariga qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchilar “D” guruhida Yaponiya, Vyetnam va Hindiston jamoalari bilan o‘zaro kuch sinashishadi.
1-tur: Yaponiya – O‘zbekiston
2-tur: O‘zbekiston – Hindiston
3-tur: Vyetnam – O‘zbekiston
U-17 Osiyo kubogi final bosqichi o‘yinlari 2023-yilning 15-iyunidan 2-iyuligacha Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadi. U qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.