Samarqand — 2023

Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi

MDH bosh kotibi Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Samarqand shahrida 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
14 aprel kuni Samarqandda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning arafasida Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.
“Unda Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar vakillari, mening bilishimcha, Xitoy Xalq Respublikasi va Pokiston tashqi ishlar vazirlari singari muhim vazirlar ham qatnashadi”, - dedi Lebedev.
Lebedev bo‘lajak MDH tashqi ishlar vazirlari kengashiga to‘xtalib, aksariyat Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Samarqanddagi tadbirda qatnashishlarini tasdiqlaganini qayd etdi.
“O‘zbekiston tomoni ham yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi”, - dedi MDH bosh kotibi.
Uning aniqlik kiritishicha, yig‘ilish kun tartibidan an’anaviy tarzda 2022-yilda MDH mamlakatlari TIVlararo maslahatlashuvlari yakunlari hamda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirishga doir masalalar o‘rin olgan.