ShHT: Hindistonda xavfsizlik kengashi kotiblari qanday masalalarni muhokama qildi

Nyu-Dehlida ShHT xavfsizlik kengashi kotiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Nyu-Dehlida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) xavfsizlik kengashi kotiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar kiberjinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
ShHT xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig‘ilishi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga a’zo davlatlar - Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.