AQSh neft zaxiralari kutilmaganda qisqardi

AQShning neft zaxiralari bir hafta ichida kutilmaganda 473,7 million barrelgacha qisqardi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘tgan xafta AQShdagi tijorat neft zaxiralari (strategik zaxiradan tashqari) 7,5 million barrelga yoki 1,6 foizga kamayib, 473,7 million barrelga yetdi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi Energetika axborot boshqarmasining haftalik sharhida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.
DailyFX portali tomonidan so‘ralgan tahlilchilar, aksincha, zaxiralarning 0,1 million barrelga oshishini kutishgan.
Shu bilan birga, AQShning strategik neft zaxirasi o‘zgarmadi: yanvar oyidan buyon ko‘rsatkich 371,6 million barrel darajasida saqlanib qoldi.
Bungacha u 2021-yil sentabr oyidan boshlab har hafta pasayib borayotgan edi. Natijada hozirda bu zaxira 1983-yil dekabridan beri eng past darajada qolmoqda.
Mamlakatning eng yirik terminali Kushingdagi (Cushing) neft zaxiralari hisobot davridagi 36,8 million barreldan 35,2 million barrelgacha qisqardi.
Tahlilchilar 1,6 million barrelga qisqarishini kutishgan edi. Distillyat zaxiralari 0,3 million barrelga (0,2 foizga) oshdi va 116,7 million barrelni tashkil etdi. 1,5 millionga kamayishi bashorat qilingan.