TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati jamoat transporti ishini tashkillashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda Rossiya tajribasini o‘rganadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, respublika Prezidenti administratsiyasi va qator idoralar vakillari delegatsiyasi Moskvaga transport sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun borgan.
“Tashrif maqsadi Rossiya jamoat transporti tajribasini o‘rganish, yo‘l harakatini tashkil etish sohasida vazirliklar o‘rtasida tajriba almashishdir”, - degan O‘zbekiston Transport vazirligi vakili.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Rossiya ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Tashrif doirasida "Mosgortrans" DUK, Moskva hukumati yo‘l harakatini tashkil etish markazi, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurish, IT-kompaniyalar va o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
“Uchrashuvlar asosida jamoat transporti tizimi va yo‘l harakati xavfsizligini tartibga soluvchi milliy qonunchilikni takomillashtirish, avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish va xodimlarni ushbu yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi”, - deyiladi xabarda.