TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
"Endilikda Vengriya poytaxtida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i doimiy hilpirab turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Budapesht shahrida O‘zbekiston Elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning tarixiy voqeasidir", - deyiladi xabarda.
Elchixona ochilish marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyartolar ishtirok etishdi.
© Press-slujba MID Uzbekistana
Ma’lumot uchun, Vengriya Yevropada joylashgan bo‘lsa-da, o‘z kelib chiqishini turkiy xalqlardan deb biladigan davlatdir. Vengriya Turkiy davlatldar tashkilotining doimiy a’zosi, barcha turkiy tilli davlatlar, jumladan O‘zbekiston bilan ham iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga intilayotgan davlatdir.
Bugungi siyosiy maydonda ham Vengriya o‘zining mustaqil va pragmatik pozitsiyasini ishonch bilan saqlab qolmoqda: Vengriya Ukrainaga qurol yetkazib bermaslik, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va Rossiya hamda YeI o‘rtasida sog‘lom iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish tarafdori.