TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Saharlik paytida yengil taomlanish lozim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Qayd etilishicha, “og‘izni yopish”dan oldin ovqat yeyish lozim.
“Saharlik paytida yengil taomlanish lozim. Bu, ayniqsa, ro‘za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o‘smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun ham muhim”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo‘lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilish foydali.
Ko‘p miqdordagi tanavvul jig‘ildon qaynashi va bezovtalikka sabab bo‘lishi qayd etilgan.
Saharlik uchun JSST tavsiyalari:
ikki burda non;
sabzavotli omlet yoki yaxshi qaynatilgan tuxum;
to‘g‘ralgan sabzavotlar;
pishloq yoki sut mahsulotlari;
choy;
yetarli miqdorda suv.