TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Uzoq tanaffusdan so‘ng, 5-maydan boshlab “Irkutsk — Farg‘ona — Irkutsk” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar tiklanadi.
Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro ayeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, S7 Airlines Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo‘lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.