TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidajoylashgan “Omar” va “Koniko” konlaridagi AQSh bazalari juma kuni kechqurun raketa hujumiga uchradi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Amerika koalitsiyasining “Koniko” va “Omar” konlarida joylashgan ikkita bazasi raketa hujumiga uchradi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Koniko”ga sakkizta raketa uchirilgan, ular bazaga va uning yaqiniga qulagan.
AQSh qurolli kuchlari Suriyaning shimoli va shimoli-sharqidagi Dayr-az-Zor, Al-Hasek va Raqqa viloyatlaridagi hududlarni noqonuniy nazorat qiladi, bu yerda Suriyaning eng yirik neft va gaz konlari joylashgan. Rasmiy Damashq bir necha bor AQSh harbiylarining o‘z hududida bo‘lishini neftni ochiq o‘g‘irlash maqsadida ishg‘ol qilish va davlat qaroqchiligi deb atagan.