Tarixiy sana: NATO Yugoslaviyani yer bilan yakson qilgan kun - foto

Bundan roppa-rosa 24-yil oldin NATO BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz Yugoslaviyani bombardimon qila boshladi
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bundan roppa-rosa 24-yil oldin, 1999-yilning 24-mart kuni NATO BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz Yugoslaviyani bombardimon qila boshladi.
Posledstviya bombardirovki Yugoslavii, 1999 god, 24-marta.
Ular aytishicha, "Yugoslaviya rasmiylari albanlarga nisbatan etnik tozalash ishlarini olib borayotgan". G‘arb davlatlari bunga operatsiyadan oldin ham, Yugoslaviya yo‘q qilinganidan keiyn ham birorta ham dalil yoki isbot topa olishmadi.
Posledstviya bombardirovki Yugoslavii, 1999 god, 24-marta.

G‘arbning tasdiqlanmagan da’volari asosida o‘tkazilgan operatsiya oqibatlari:

NATO samolyotlari ️78 kun ichida davomida ushbu unchalik katta bo‘lmagan Yevropa davlati ustida 10 000 dan ortiq parvozlar amalga oshirdi.
80 ming tonnaga yaqin bomba, shu jumladan kassetali va kam boyitilgan uranli bombalari tashlangan.
Bombardimonlarda 3,5 mingdan 4 minggacha odam halok bo‘lgan, ulardan 87 nafari bolalar, 10 mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Shundan so‘ng, ushbu hudduda onkologik kasalliklar avj olgan. Serbiya bu ko‘rsatgich bo‘yisa birinchi o‘rinni egalladi. Hujumlardan keyingi dastlabki o‘n yil ichida respublikada 30 mingga yaqin odam saraton kasalligiga chalingan. 2016-yilda Serbiyada 22 ming kishi karsinomadan vafot etgan.
Posledstviya bombardirovki Yugoslavii, 1999 god, 24-marta.
Ushbu qayg‘uli sana arafasida AQShning Serbiyadagi elchisi NATO tomonidan Yugoslaviyani bombardimon qilish chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirar ekan, serblar “haqoratni unutishiga” umid qildi.
Posledstviya bombardirovki Yugoslavii, 1999 god, 24-marta.
“Serb xalqi o‘z qayg‘usini hech qachon chetga surib qo‘ymaydi, lekin men ishonamanki, ular o‘z xafagarchiligini unutishga qodir. AQSh Serbiya bilan hamkorlikka sodiq”, - deb yozdi Kristofer Xill tvitterda.
Uning fikricha, davlatlar birgalikda serb xalqi munosib bo‘lgan “yaxshi kelajak”ni qurishlari mumkin.
Posledstviya bombardirovki Yugoslavii, 1999 god, 24-marta.