TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev SSSR parchalanishiga nimalar sabab bo‘lgani borasida fikr bildirdi.
“To‘g‘risini aytamiz, Sovet Ittifoqi parchalanishini hech kim taxmin qilmagandi. Nega bu ro‘y berdi? Chunki rahbariyat qo‘l qovushtirib o‘tirardi, voqelik bilan aloqani uzib qo‘ygandi va siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni boshqara olmadi, bor-yo‘g‘ini xarj qilib qo‘ydi va yana raqiblarimizning pozitsiyalari sabab o‘ta mushkul vaziyatga tushgandi”, - dedi Medvedev Rossiya OAVlari, jumladan, RIA Novostiga bergan intervyusida.