Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rogov Melitopoldagi portlashni terakt deb atadi

Melitopolda 23-mart kuni ertalab ko‘chalardan birida qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Zaporojye viloyati Melitopol shahridagi portlash uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgan teraktdir. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Bu, shubhasiz, uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgan teraktdir. Zelenskiy rejimi yana bir bor o‘zining terrorchilik mohiyatini ko‘rsatdi. Ular shaharda osuda hayotni qayta tiklayotganlarni portlatib, xursand bo‘lishmoqda. Bu qo‘rqitish usuli va terrorchilarning ozod qilingan Zaporojye viloyati hududidagi vaziyatni izdan chiqarishga bo‘lgan urishini”, - dedi Rogov RIA Novosti bilan suhbatda.
Melitopolda 23-mart kuni ertalab ko‘chalardan birida qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushdi. Natijada bir nafar politsiya xodimi jarohatlangan, hozir u kasalxonada. Hodisa joyida muxatassislar ish olib bormoqda.