Volodin: Ukrainaga uranli o‘q-dori yetkazib berish dunyo miqyosida fojiasiga olib keladi

Rossiya Davlat dumasi raisi Vashington “shunga o‘xshash snaradlardan Yugoslaviya va Iroqda foydalangani va bu mahalliy hududning zaharlanishiga hamda odamlar orasida saraton kasalligining keskin ko‘payishiga olib kelganini” eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Agar Buyuk Britaniya shunday qaror qabul qilsa, Ukrainaga kam boyitilgan uranli o‘q-dori yetkazib berish dunyo ko‘lamidagi fojiaga olib keladi va birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qiladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.

“Britaniya Kiyevning millatchi rejimiga kam boyitilgan uranli o‘q-dori yetkazib berilishini ma’lum qildi. <…> Bu qaror birinchi navbatda Yevropa davlatlariga ta’sir qiladigan keng ko‘lamdagi fojiaga olib keladi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

U Vashington “shunga o‘xshash snaradlardan Yugoslaviya va Iroqda foydalangani va bu mahalliy hududning zaharlanishiga hamda odamlar orasida saraton kasalligining keskin ko‘payishiga olib kelganini” eslatdi.
“Tushunmoq zarurki: kam boyitilgan uranli o‘q-dori yetkazib berishdan keyingi qadam Kiyev rejimi tomonidan "iflos atom bombasi"dan foydalanish bo‘lishi mumkin. Yoki taktik yadro qurolini qo‘llash”, - deya ta’kidladi Davlat dumasi spikeri. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar shunga o‘xshash hodisa ro‘y bersa, “ortga yo‘l qolmaydi”.
“Vashington va uning malaylari (London, Brussel, Varshava va hok.) so‘nggi ukrainalikkacha urush “so‘nggi yevropalikkacha urush”ga aylanishi uchun hamma ishni qilishga tayyor”, - deya qo‘shimcha qilgan Volodin.
Zaxarova Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi