TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols kuzdan buyon “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishda yordam bergan. Bu haqda amerikalik publitsist Seymur Xersh o‘z manbalariga tayangan holda ma’lum qildi.
“Ta’kidlash joizki, kansler Shols <...> aftidan, o‘tgan yil kuzidan beri Bayden (AQSh prezidenti Jo Bayden) ma’muriyatiga Boltiq dengizidagi operatsiya yashirishda ko‘maklashib kelmoqda”, - deyiladi Xershning “Substack” platformasida chop etilgan maqolasida.
“Mart boshida prezident Bayden Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qildi. <...> O‘shandan buyon biror bir hukumat tomonidan chop etilgan bayonot yoki yozma kelishuvlar ma’lum qilinmadi, biroq menga diplomatik ma’lumotlardan foydalanish imkoni bo‘lgan manba ular gaz quvurlaridagi fosh qilish (qo‘poruvchiliklar) masalalarini muhokama qilishganini aytdi”, - deya ta’kidlagan amerikalik jurnalist.
Jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh 8-fevral kuni Vashingtonning “Shimoliy oqimlar”dagi portlashlarga aloqadorligi haqida maqola chop etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari chog‘ida portlovchi moddalarni o‘rnatishgan, portlatish to‘g‘risidagi qarorni esa shaxsan AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik jamoasi bilan to‘qqiz oylik muhokamalardan so‘ng qabul qilgan.