Bugundan respublika masjidlarida taroveh namozi o‘qiladi

Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi masjidlarda taroveh namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari

“Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda viloyatlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda taroveh namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.
Taroveh namozi qanday ado etilishi haqida batafsil quyida tanishing.

Mavzuga oid:

Ramazon oyi qachon boshlanishi rasman e’lon qilindi.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari.