"Biz Dnepr qirg‘oqlarida jangovar pozitsiyalarimizni tayyorlash vaqtida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan arxeologik topilmalarni topib oldik. Biz ham bobolarimizdek mustahkam turib kurashamiz, ularning yuzini yerga qaratmaymiz!", - deydi jangchi.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.