TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya agar 60 kundan keyin don bitimini uzaytirmasa, Afrikaning muhtoj mamlakatlariga bepul oziq-ovqat yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-Afrika ko‘p qutbli dunyoda” anjumanida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Yana bir narsani qo‘shimcha qilishni istardim: agar 60 sutkadan keyin bitimni uzaytirmaslik borasida qaror qabul qilsak, biz o‘tgan vaqt davomida Afrikaning o‘ta muhtoj mamlakatlariga yo‘naltirilgan butun hajmni Rossiyadan bu mamlakatlarga bepul yetkazib berishga tayyormiz”, - dedi Rossiya rahbari.
2022 yil 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya o‘g‘itlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bog‘liq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bir necha kun ilgari don bitimi yana 60 kunga uzaytirilgani ma’lum bo‘ldi.