O‘zbekiston U20 Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi — foto, video

Yagona golni 71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Toshkentda U20 Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Finalda jamoa Iroqqa qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.
O‘yinning 30-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasiga gol kiritgan edi. Ammo, ofsayd sabab natija hisobga olinmadi. Ikkini bo‘limda Fayzullayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Shundan so‘ng, hakam tomonidan jarima zarbasi belgilandi.
Yagona golni 71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan kiritdi.
O‘zbekiston Iroqni bungacha guruh bosqichida ham yutgandi. O‘shanda jamoa bir kishi kam bo‘lib qolib, 1:0 hisobida ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi Osiyo Chempionati U-20 doirasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston - Iroq o‘rtasidagi final o‘yinini tomosha qildi.
O‘yinni shuningdek, Saida Mirziyoyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov, Futbol assotsiatsiyasi rahbari Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport masalalari vaziri Adham Ikromov va boshqalar ham kuzatib bordi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
Uzbekistan viigral Kubok Azii po futbolu
4 / 4