TOShKENT, 18 mar — Sputnik. AQSh va Yevropadagi bank inqirozi Ukrainadagi mojaroda Rossiyaga foyda keltiradi. Bu haqda Sputnik radiosi Newsweek nashriga tayanib xabar berdi.
Maqolada yozilishicha, Ukrainaning snaradlari tugashi oydinlashmoqda va bunday sharoitda u o‘z ittifoqchilaridan yordam talab qilishi aniq. Ammo yevropaliklar o‘z mablag‘lari haqida tobora ko‘proq o‘ylay boshlasa, jamoatchilik fikri Ukrainaga yordam berish foydasiga o‘zgarmasligi mumkin.
Moliyaviy notinchlik Yevropani iqtisodiy jihatdan zaiflashtiradi va unga urush harakatlarining yukini ko‘tarish qiyinroq bo‘ladi.
“Qit’ada moliyaviy xavotirlar kuchaygan bir paytda Ukrainaga sarflangan mablag‘lardan yevropaliklarning noroziligi YeI uchun yangilik emas. Kuzda Pragada issiqlik va elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi namoyishda 70 mingga yaqin odam qatnashdi. Xuddi shu talablar bilan Italiya, Germaniya va Ispaniyada namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, maqolada ta’kidlanishicha, G‘arb davlatlari, katta ehtimol bilan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortmaydi, chunki o‘tgan yilgi voqealar ularning pozitsiyalari iqtisodiy omillar emas, balki siyosiy mulohazalar bilan belgilanishini ko‘rsatdi.