Sankt-Peterburgda migratsiya masalalariga bag‘ishlangan forum o‘tkazilmoqda

Tadbirlarning asosiy qismi “Ekspoforum”da bo‘lib o‘tadi. Forum 15-17 mart kunlari o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Sankt-Peterburgda kecha, 15-mart kuni, VII Xalqaro mehnat forumi o‘z ishini boshladi. Unda 5000 dan ortiq delegat va mehmonlar ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etadi.
Bu davlatlar vakillari mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi sohalaridagi masala va muammolarni muhokama qiladi.
Tadbirlarning asosiy qismi “Ekspoforum”da bo‘lib o‘tadi. Forum 15-17 mart kunlari o‘tkaziladi.