Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 16-martning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Granikovka, Kotlyarovka, Berestovoe, LXRning Novoselovskoe va Rozovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita avtomashinasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova, DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berishi natijasida UQKning 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita BMPsi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi faol harakatlari natijasida dushmanning 275 nafargacha harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Uragan" reaktiv tizimi va D-20, "Gvozdika" gaubitsalari, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar to‘pi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Pavlovka, Zaporojye viloyatining Novodanilovka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 60 nafargacha harbiy xizmatchilarini, to‘rtta tankini, zirhli avtomobili, D-20 gaubitsasini va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida dushmanning 35 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bitta tanki, ikkita "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 186 ta hududda joylashgan 93ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Kamishevka qishlog‘i yaqinida UQK 59-motoo‘qchilar brigadasining qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi.
DXRning Yasenovoe qishlog‘i yaqinida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Konstantinovka aholi punkti hududida Ukrainaning "Osa-AKM" zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Donetsk Xalq Respublikasining Minkovka qishlog‘i yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Lugansk Xalq Respublikasining Novovodanoe qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari 8ta HIMARS (AQSh) va "Uragan" ko‘p raketali tizimlarining va bitta HARM antiradar tizimining raketasini tutib oldi.
Xarkov viloyatining Ivanovka, Donetsk Xalq Respublikasining Zeleniy Gay, Verxnetoretskoe, Grigorovka, Lugansk Xalq Respublikasining Kreminnaya, Malaya Kardashinka, Aloshki aholi punktlari hududlarida Ukrinaning 9ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 402 ta samolyot, 221 ta vertolot, 3434 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8316 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1062 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4372 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8959 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.