Qator agentliklar rahbarlari ishdan ketdi

Xususan, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, bir qator agentlik rahbarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri xabar bermoqda.
Xususan, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Kamoliddin Talipov Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2019-yilning oktabr oyida tayinlangandi.
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shohrux Rahimov ham Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2022-yil dekabr oyida tayinlangandi.
Shuningdek, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Alisher Inakov Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Bahodir Karimov agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Gayrat Israilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan olindi.