TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan va Qora dengiz osmonida AQSh uchuvchisiz qurilmasi bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga tayangan holda xabar berdi.
Aytilishicha, seshanba kuni ertalab Qrim yarimoroli hududida Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasi yo‘nalishida transponderlari o‘chirilgan AQSh uchuvchisiz uchar apparati parvozi qayd etilgan.
Dron Qora dengiz ustidagi havo hududidan foydalanish uchun rejim hududi chegaralarini buzgan. Shu munosabat bilan havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining navbatchi qiruvchilari dronni aniqlash uchun havoga ko‘tarildi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi.
“Moskva vaqti bilan soat 09:30 atrofida keskin manyovrlar natijasida MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati balandlikni yo‘qotib, nazoratsiz parvozga chiqdi va suv yuzasi bilan to‘qnashib ketdi. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan, uchuvchisiz uchar apparati bilan aloqada bo‘lmagan va o‘z baza aerodromiga muvafaqiyatli qaytishgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Seshanba kuni Pentagon va Amerika armiyasining Yevropa qo‘mondonligi Qora dengiz uzra Rossiyaning Su-27 qiruvchisi va Amerikaning MQ-9 Reaper droni to‘qnashuvi haqida bayonot berdi.
Amerika tomoniga ko‘ra, Su-27 MQ-9ga urilgan, natijada u boshqaruvni yo‘qotgan va AQSh qurolli kuchlari dronni urib tushirishga majbur bo‘lgan.
AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi hodisa haqida AQSh prezidenti Jo Baydenga axborot berilganini ma’lum qildi.