AQShdagi buyuk depressiya dunyoga tahdid solmoqda

AQShning qarzi so‘nggi 20-yil ichida olti 6 marotaba o‘sib 31 trillion dollarni tashkil qildi. YaIMi esa - $23 trln. (2021). Ular buncha qarzni qachon va qanday qaytaradi?
Sputnik
TOShKENT, 15 mar - Sputnik. Kecha, 13-mart kuni G‘arb birjalari uchun qora dushanbaga aylandi. Birinchi bo‘lib, Amerika aksiyalari puchga chiqdi – dam olish kunlari bir vaqtning o‘zida ikkita yirik bankning bankrotlikka uchrashi bozorga shunday ta’sir qildi va ulardan keyin ketma-ketlikda Yevropa kotirovkalari ham quladi.
Jo Bayden o‘tga kerosin quydi. Dushanba kuni savdo ochilishidan oldin u amerikaliklarga murojaat qilib, ularning pullari ishonchli qo‘llarda ekanligi va omonatlariga hech narsa bo‘lmasligini ta’kidladi. "Betartiblik yanada tarqalib ketmasligiga kafolat bera olasizmi?" – kabi savollar bilan jurnalistlar uni ko‘mib tashlashdi. Ammo AQSh prezidenti javob berishdan qochdi – tom ma’noda eshikdan chiqib ketdi.
Amerikaliklar bu belgilarni to‘g‘ri tushunib olishdi. "Jonajon pullaringizdan havotir olmang" – degan murojaat bilan odatda davlat rahbarlari puldan aynan havotir olish kerak bo‘lgan paytda chiqishadi. Bayden nutqining natijasi dushanba kungi fond birjasining qulashi bo‘ldi, bu paytda bank aksiyalari savdosini shunchaki to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
AQShning tizimli muhim moliyaviy institutlar aksiyalarining cho‘qqidan xayratlanarli holatda qulagani ajablanarli emas. Masalan, eng yirik bank First Republic aksiyalari bir kunda 61,8 foizga tushdi. Ajablanarli tomoni, ular qandaydir qilib uzoq vaqt davomida bu cho‘qqini egallab tura olgani.
Yozda taniqli investor Maykl Berri (2007-2008 yillardagi halokatni nafaqat bashorat qilishga, balki undan pul ishlab olishga ham muvaffaq bo‘lgan yagona odam) – iqtisodiyotda ulkan bo‘shliqlar ko‘payganini aytdi va deyarli barcha aksiyalarini sotib yubordi.
O‘tgan yil davomida tushunadigan tahlilchilar keng ko‘lamli turg‘unlikni bashorat qilishgan edi – bu odatda bir necha soat ichida qimmatli qog‘ozlar bir necha marta qadrsizlanganda, bo‘shliqlarni maksimal darajada kengaygani bilan boshlanadi.

Endi hammani bundan keyin nima bo‘lishi qiziqtirmoqda. Ham Amerika, ham Yevropa yirik banklarining yopilishini bashorat qilmoqdalar. Bunga yonma-yon ravishda, o‘z kreditlarini yopa olmaydigan ko‘plab IT-startaplarni inqiroz kutmoqda – ya’ni bu yangi asrdagi "dotkom inqirozi" kabi holat bo‘ladi. O‘n millionlab amerikaliklar omonat va pensiya jamg‘armalaridan mahrum bo‘lishadi. Donald Tramp allaqachon vatandoshlarini yangi "Buyuk depressiya" haqida ogohlantirdi.

Agar bugun yoki ertaga AQSh hukumati birja qulashi oqibatlarini qandaydir tarzda to‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lsa ham, bu katta falokatni qisqa muddatgagina kechiktiradi. Uning dastlabki shartlari hech qayerga yo‘q bo‘lmagan.
2020 yildan beri iqtisodiyotga tushgan trillionlab dollarlarni biznes va jismoniy shaxslar qayerga bo‘lsa ham sarmoya qilishga harakat qilmoqda. Shu sababli, iqtisodda bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Bunga yonma-yon ravishda Federal zaxira tizimi stavkani oshirmoqda, bu esa ilgari olingan kreditlarni to‘lay olmaydigan kompaniyalarning bankrot bo‘lishiga olib keladi. Shunga juda o‘xshash voqealar 2005-2007 yillarda "Buyuk retsessiya" arafasida ham sodir bo‘lgan edi.
Eng noxush tomoni shundaki, achchiq tajribaga ega investorlar bu holatni ko‘rib turib, o‘z jamg‘armalarini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Silicon Valley bankining bankrot bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi? Bank mijozlari asosan Kremniy vodiysi tadbirkorlari bo‘lib, ular bir-birini juda yaxshi bilishadi va o‘xshash qarorlar qabul qilishadi. SVB ning qarzlari to‘planganligi esa aniq edi. Chorshanba kuni omonatchilar o‘z hisobraqamlaridan pul yechib olish uchun ommaviy ravishda borishgan. Juma kuni esa bank bardosh bera olmadi va yopildi.
Bugungi kunda esa omonatchilar butun mamlakat bo‘ylab o‘z bank hisobraqamlaridan pul yechib olishmoqda. Ayniqsa o‘rta darajadagi banklar salbiy ta’sir ko‘rmoqda. Mintaqaviy bank PacWest rahbariyati xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxiridayoq bank omonatchilari o‘z hisobraqamlaridan 700 million dollar yechib olishgan.
Bugun AQSh iqtisodiyoti kabi ulkan davlatning qulashi aql bovar qilmaydigandek tuyuladi. Ammo SSSRning parchalanishi ham bir vaqtlar ishonib bo‘lmaydigan holat bo‘lib tuyulgan edi. Ammo teran fikrlab qarasangiz, bir paytlar dunyodagi birinchi o‘rindagi iqtisodiyotning bugungi kunda boshdan oyoq qarzga botganini aniq ko‘rasiz.
31 trillion dollardan ortig‘i AQSh davlatining 20-yil ichida olti marta o‘sgan qarzi. Taxminan 17 trillion Amerika uy xo‘jaliklarining qarzidir. Deyarli trillion – fuqarolarning kredit kartalaridagi qarzlari. Hayratga soladigan bu raqamlar – dollarning qadrsizlanishidan darak beradi. Dushanba kuni u jahon valyutalariga nisbatan sezilarli darajada tushib ketgani ajablanarli emas.
Bunga jahon iqtisodiyotining barqaror dedollarizatsiyasini, dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlarning Amerika valyutasidan asta-sekin chiqib ketishini qo‘shing – shunda o‘lgan prezidentlar portretlari tushirilgan yashil qog‘ozlarning taqdiri aniq ko‘rinadi.
Albatta, bu quvonarli holat emas. AQShdagi yangi Buyuk depressiya dunyoning barcha burchaklariga ta’sir o‘tkazadi. Avvalo, Yevropa iqtisodiyotini o‘zining ortidan chuqurlikka tortadi. Keng ko‘lamli retsessiya neft narxining pasayishiga olib keladi, bu esa resurslar bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga ta’sir qiladi. Inflyatsiya AQShning asosiy eksportiga aylanadi va odamlar butun dunyo bo‘ylab narxlarning oshishiga duch kelishadi.
Bunday vaziyatda boshqa davlatlar qilishi mumkun bo‘lgan yagona to‘g‘ri yo‘l – Rossiyadan o‘rnak olish va G‘arb iqtisodiyoti o‘ralashib qolgan bu ahmoqlar kemasidan tushib qolish. Dollardan xalos bo‘lish, import o‘rnini bosish, o‘z muqobil iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish, G‘arb moliya institutlariga qaramlikdan chiqish.
Lekin masala faqat iqtisodiy xavflarda emas. Amerikaliklar Yevropadagi urushga homiylik qilganidan keyingina birinchi Buyuk depressiyadan chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Qit’adagi millionlab o‘limlar oddiy amerikalik oilalar uchun shahar atrofidan uylar, mashinalar, muzlatgichlar, televizorlar sotib olish va beybi-bum avlodini vujudga keldtirish uchun to‘lov bo‘ldi.
Bugun ham yangi Buyuk depressiyadan boshqa yo‘l yo‘q. Ishlab chiqarishni qaytarish va Amerikani qayta sanoatlashtirish haqidagi barcha gaplar hali hanuz shunchaki quruq gap. "Sharqiy front" – esa allaqachon Ukrainada tayyor turibdi. Bundan tashqari, amerikalik xo‘jayinlar jahannamga tashlashdan xursand bo‘ladigan millionlab yevropaliklar ham tayyor: hech qanday shaxsiy husumat yo‘q, bu shunchaki biznes.