Antonov AQShni Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni to‘xtatishga chaqirdi

Elchining ta’kidlashicha, Amerika dronlari razvedka ma’lumotlarini to‘playdi, bundan esa Kiyev Rossiyaga zarba berish uchun foydalanadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qora dengiz ustida Amerika droni bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQShning Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy harakatlarini qabul qilib bo‘lmas deb atadi.
“AQSh harbiylarining chegaralarimiz yaqinida qabul qilib bo‘lmaydigan faoliyati tashvish uyg‘otmoqda. Biz bunday razvedka va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari qanday maqsadda qo‘llanilayotganini yaxshi bilamiz”, - deyiladi diplomatik missiya rahbari bayonotida.
Elchining ta’kidlashicha, Amerika dronlari razvedka ma’lumotlarini to‘playdi, bundan esa Kiyev Rossiyaga zarba berish uchun foydalanadi. Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Qo‘shma Shtatlardan “Rossiya chegaralari yaqinida parvozlarni to‘xtatishini” kutmoqda.
Shuningdek, Antonov voqeani provokatsiya deb atadi.
Seshanba kuni ertalab Qrim yarimoroli hududida Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasi yo‘nalishida transponderlari bilan o‘chirilgan AQSh uchuvchisiz uchar apparati parvozi qayd etilgan.
Dron Qora dengiz ustidagi havo hududidan foydalanish uchun rejim hududi chegaralarini buzgan. Shu munosabat bilan havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining navbatchi qiruvchilari dronni aniqlash uchun havoga ko‘tarilgan.
MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati balandlikni yo‘qotib, nazoratsiz parvozga chiqqan va suvga qulab tushgan. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan, uchuvchisiz uchar apparati bilan aloqada bo‘lmagan va o‘z baza aerodromiga muvaffaqiyatli qaytishgan.