Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi a’zosi, “Rossiya segodnya” ijrochi direktori va jurnalist.
Vishinskiy Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida tug‘ilgan. 2000-yillardan u Ukrainaning 11-kanal va ICTV telekanallarida ishlagan, "Ko‘cha televideniyesi" teleloyihalarining muallifi, Dmitriy Kiselov bilan birga "Podrobno" dasturi va axborot xizmatining bosh muharriri bo‘lgan.
2006 yildan 2014-yilgacha u "Rossiya-1" telekanalida "Vesti" dasturida jurnalist bo‘lgan. 2014-yilda Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan keyin u "RIA Novosti Ukraina" portalini boshqargan.
2018 yilning 15-may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati “RIA Novosti Ukraina” axborot agentligi xodimlariga qarshi operatsiya o‘tkazib, uning Kiyevdagi markaziy ofisida va bir nechta jurnalistlarning xonadonlarida tintuv o‘tkazadi va Vishinskiyni "davlatga xiyonat qilishda" gumon qilib hibsga oladi. Hech qanday dalil va aniq ayblovlarsiz Vishinskiy 2019-yil 28-avgustiga qadar Ukraina qamoqxonasida ushlab turiladi.